Amerikaning Apple kompaniyasi aprel oyidan boshlab Telegram messenjerini bloklash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Bu haqda messenjer saytida xabar berilgan.
«Eng ko‘p beriluvchi savollar» bo‘limida ta'kidlanishicha, Apple messenjer ilovasi yangilanishlarini bloklamoqda.
«Afsuski, Apple Telegram’ni aprel oyi o‘rtalaridan boshlab iOS o‘z ilovasi yangilanishlaridan bloklamoqda», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, qayd etilishicha, Android foydalanuvchilari hamon yangilanishlarni, shu jumladan, shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligi bo‘yicha qoidalarning eng so‘nggi versiyasini olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni Rossiyada sudning Telegram’ga kirishni bloklash bo‘yicha qarori kuchga kirgandi.