O‘z ERAE CLIMATE CONTROL - sifat va narxning ideal muvofiqligidir!

Fan-texnika 16:39 / 30.05.2018 12091

Oz ERAE CLIMATE CONTROL 2010 yilda tashkil qilingan “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasi bo‘lib, u O‘zbekistondagi avtomobil issiqlik almashtirgichlari (radiatorlar, kondensorlar, isitgichlar) va konditsionerlash, ventilyatsiya hamda isitish tizimlari modullari ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashtirilgan korxona hisoblanadi.

Oz ERAE CLIMATE CONTROL afzalligi zamonaviy innovatsion, yuksak texnologik, moslashuvchan mashinalar va jihozlar qo‘llanishida bo‘lib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli hamda arzon bo‘lishini ta'minlaydi.

Foto: O‘z ERAE CLIMATE CONTROL
Foto: O‘z ERAE CLIMATE CONTROL
Foto: O‘z ERAE CLIMATE CONTROL

Oz ERAE CLIMATE CONTROL GM Uzbekistan kompaniyasining sertifikatlangan ta'minotchisi hisoblanadi. Korxona faoliyati davomida Matiz, Damas, Nexia, Sobalt, Lacetti, Spark, Nexia R3, Gentra avtomobillari uchun 45 xil nomdagi issiqlik almashtirgich, konditsionerlash, ventilyatsiya va isitish tizimlari modullari hamda Rossiyaning “Uaz Patriot” avtomobilining isitish pechkasini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi va yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, korxona o‘z mahsulotlarini ikkalamchi bozorda sotish uchun avtoservislar va mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik qiladi.

Foto: O‘z ERAE CLIMATE CONTROL
Foto: O‘z ERAE CLIMATE CONTROL

Oz ERAE CLIMATE CONTROL ishlab chiqarilayotgan mahsulot yuqori sifati va foydalanishda ishonchliligi bilan ajralib turadi. Barcha mahsulot va detallar ko‘p bosqichli nazoratdan va kompaniya laboratoriyasida tekshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi mahsulot sifatini tekshirish o‘z-o‘zini nazorat, yakuniy inspeksiya uslublari yordamida va verifikatsiya stansiyalarida amalga oshiriladi.

Ayni paytda, mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainaga ham eksport qilinmoqda.

Foto: O‘z ERAE CLIMATE CONTROL

Bugungi kunda o‘zbek avtosanoati avtomobillarining har bir sohibi biladi: Oz ERAE CLIMATE CONTROL savdo belgisi – bu sifat va narxning ideal muvofiqligidir!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: