Oq uy tomonidan e'lon qilingan savdo choralari Pekin va Vashington o‘rtasida yaqinda erishilgan kelishuvlarga ziddir, deb aytilgan Xitoy tijorat vazirligi bayonotida.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Pekin davlat va xitoy xalqining manfaatlarini himoya qilishda qat'iydir, AQSh hukumati bunday qarorni qabul qilishini esa kutish mumkin edi.
29 may kuni AQSh Xitoyning 50 mlrd dollarlik mahsulotlariga 25 foizlik boj to‘lovi kiritilishini e'lon qildi. Bu esa Pekin va Vashington o‘rtasida o‘zaro boj kiritishni to‘xtatish haqidagi kelishuvdan bir hafta o‘tib yuz berdi.
“Biz AQSh tomonini erishilgan qo‘shma bayonot ruhida harakat qilishga chaqiramiz”, deb aytilgan Xitoy bayonotida.
Bundan tashqari, Vashington 30 iyunda investitsilarni cheklash va Xitoy biznesi uchun texnologiyalar eksporti ustidan qo‘shimcha nazorat joriy qilish bo‘yicha choralar ro‘yxatini e'lon qiladi.