Video: Yaralangan askarni dronda evakuatsiya qilish sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 00:06 / 30.05.2018 11084

Isroilning Urban Aeronautics kompaniyasi vertikal uchuvchi hamda ekipaj ishtirokisiz odamlarni tashiy oluvchi Cormorant dronini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Dron 180 km/soat tezlik bilan ucha oladi va havoda 5 soatgacha bo‘la oladi hamda o‘z bortiga 635 kggacha yuk ko‘tarishga qodir. Dron 2021 yilda ommaviy tarzda ishlab chiqarilmoqchi.

Foto: Urban Aeronautics

Dron ichida kameralar bo‘lib, u yordamida shifokorlar bortda bo‘lgan yaralanganlar bilan gaplasha olishadi. Dronning ichki tizimlari yaralanganlarning asosiy tibbiy ko‘rsatkichlarini kuzata oladi. Odamlar ishtiroki yaralanganlarni dronga yuklashdagina talab etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: