Rossiyada benzin narxi ko‘tarilib ketdi

Iqtisodiyot 12:50 / 29.05.2018 16898

Rossiyada so‘nggi hafta ichida benzin narxi ancha sezilarli darajada oshdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Kortes» axborot-tahlil markazi ma'lumotlariga ko‘ra, AI-92 markali yoqilg‘i narxi 78 kopeykaga ko‘tarilib - bir litr uchun 40,76 rubl (5265,34 so‘m) bo‘lgan. AI-95 narxi 79 kopeykaga oshdi - bir litrga 43,6 rubl (5632,2 so‘m). Dizel yoqilg‘isi uchun narx 79 kopeykaga ko‘tarildi - litrga 43,65 rubl (5638,67 so‘m).

Moskva yoqilg‘i assotsiatsiyasidan ta'kidlashlaricha, poytaxt shaharda yoqilg‘i narxi 88-90 kopeykaga ko‘tarilib ketgan. AI-92 narxi 42,21 rublga (5452,65 so‘m) yetgan bo‘lsa, AI-95 - 45,5 rubl (5877,6 so‘m). Dizel yoqilg‘isi narxi 43,99 rublgacha (5682,59) ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: