Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari o‘rinbosari Igor Morgulovning aytishicha, Rossiya-Xitoy o‘zaro savdo aylanmasini 2020 yilgacha 200 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha vazifa qo‘yilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar beryapti.
Morgulovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni hozirgi vaqtda Rossiyaning yetakchi savdo-iqtisodiy sherigi sifatida «mustahkamlanib oldi».
«Muvaffaqiyatga eltuvchi muhim narsa - bu ish, hamkorlikning yangi modeliga o‘tish, u yanada qalin ishlab chiqarish va investitsion aloqalarga tayanadi», - deya aytib o‘tgan Morgulov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin yangi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy tashrifni qayerga amalga oshirishi aytilgandi.