Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 50 mln dollar ajratadi

Iqtisodiyot 16:50 / 29.05.2018 4982

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki «Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirish uchun mamlakatga 50 million dollar ajratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Kommersant.uz xabar bermoqda.

Loyihani amalga oshirish doirasida mamlakatdagi yirik, o‘rta va kichik korxonalar energiya tejaydigan texnologiyalarga investitsiya uchun qo‘shimcha moliyalashtirishni oladi.

«Eskirgan uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish mamlakat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun juda muhimdir, - deya aytib o‘tdi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori. - Energiya tejamkorlik uskunalardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirishga, ishlab chiqarishni oshirishga, shuningdek, kamroq energiya iste'moli hisobidan pulni tejashga yordam beradi. Shuningdek, u iqlim o‘zgarishining oqibatlarini yumshatish imkonini beradi. Jahon banki o‘zbek korxonalarining energiya samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan mamnun».

Loyihada eskirgan uskunalarni jiddiy modernizatsiya qilish, shuningdek, mamlakat sanoat korxonalari tomonidan energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: