Motorola Moto Z2 Force eng mustahkam smartfon deya e'lon qilindi. Tom’s Guide portali ekspertlar tadqiqotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Tajriba davomida mutaxassislar har xil ishlab chiqaruvchilar telefonlarini turli balandliklardan irg‘itishdi va suvda cho‘ktirishdi. Test natijalariga ko‘ra, Motorola Moto Z2 Force maksimal 10 balldan 8,5 ball to‘pladi.
Reytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlari LG X Venture va iPhone X smartfonlariga nasib etdi. Top-5 ro‘yxatiga shuningdek LG V30 va Samsung Galaxy S9 smartfonlari kiritildi.
iPhone SE esa eng "nozik" telefon deya e'lon qilindi.