«Yandeks» o‘zining birinchi qurilmasini namoyish etdi

Fan-texnika 18:39 / 29.05.2018 7511

«Yandeks» internet-kompaniyasi «Alisa» ovozli yordamchisi bilan jihozlangan multimedia tizimini namoyish qildi. RBK kompaniyaning Moskvadagi tadbiridan shu haqidagi xabar bilan bo‘lishdi.

«Yandeks» asoschisi Arkadiy Volojning ma'lum qilishicha, bu kompaniyaning shu kunga qadar dasturiy ta'minoti ishlanmasi ustida ishlangan ilk qurilmasidir. «Yandeks.Stantsiya» — suhbatlashish va topshiriq berish (masalan, musiqa yoki filmni yoqish) imkoni bo‘lgan uy yordamchisi, bu aqlli kolonkani televizorga ulash mumkin. 

"Biz kuchli tovush, sifatli audio va videokontentga kirish imkoniga ega qurilmani ishlab chiqishga harakat qildik", - dedi taqdimotda «Yandeks.Stantsiya» ishlab chiqaruvchisi Konstantin Kruglov. «Alisa» ovozli tizimi «Yandeks.Muzyka» servisi, ivi.ru, «Kinopoisk» va «Amediateka» onlayn-kinoteatrlar kataloglariga ulangan. Stantsiya musiqa yoki filmni topishi, kontentni boshqarishi (tezlashtirish, yoqish-o‘chirish, tovushini baland yoki pastroq qilish) mumkin. Yaqin orada "ertak aytish" va televizorni boshqarish funksiyalari paydo bo‘lishi kutilmoqda. 

Foto: Yandex

«Yandeks.Stantsiya» aqlli kolonkasi «Yandeks» tomonidan ishlab chiqilgan, biroq qurilma Xitoydagi fabrikada yig‘iladi.

Qurilma do‘konlarda shu yilning yozida paydo bo‘ladi. Uning narxi 9,9 ming rublni tashkil qiladi. Konstantin Kruglov kolonkaga talab qanday bo‘lishini prognoz qilmaslikni ma'qul topdi: "Bozor yangi, unda bunday qurilmalar yo‘q, shuning uchun oxir-oqibat unga qanday talab bo‘lishini oldindan aytish qiyin". 

Arkadiy Volojning ta'kidlashicha, «Yandeks» kolonkalar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylanayotgani yo‘q, qurilmalar bozori esa kompaniya uchun asosiy yo‘nalish emas. Aksincha, kompaniya o‘z yangi gadjyetini boshqa ishlab chiqaruvchilar qurilmalariga integratsiya qilishga tayyor.

Foto: Yandex

Shuningdek «Yandeks» vakillari «Alisa»ning Sony Xperia EarDo "aqlli quloqchinlari"da paydo bo‘lishi haqida e'lon qildi. Volojning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda «Alisa» Rossiyadagi smartfonlarning 53 foizi, qator avtomobillar, shuningdek quloqchinlar va mobil kolonkalarda mavjud. Kelgusida esa uning hamma yerda bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: