Lenovo yangi flagman smartfoni Z5 haqida yangi ma'lumotlarni oshkor qildi. Misol uchun, smartfonning akkumulyator batareyasi to‘liq quvvatsizlangandan keyin ham qurilmada yana 30 daqiqaga yaqin gaplashish mumkin bo‘ladi.
Biroq kompaniya akkumulyator sig‘imini oshkor qilmagan. Mutaxassislarning fikricha, smartfonning batareyasi 0 foizda ham ishlashi imkoniyati batareya sig‘imi bilan emas, balki kam quvvat qolganda ishlashining optimallashtirilishi bilan bog‘langan. Yangi qurilma kuchli bo‘lishiga qaramay kam energiya sarflovchi Snapdragon 845 protsessori bilan jihozlanishi mumkin.
Lenovo xodimlari, shuningdek, smartfon kamerasining imkoniyatlarini namoyish qilishgan. Kameraning ko‘rsatkichlari e'lon qilinmay, unda olingan suratlar namoyish qilingan. Bu suratlar sifati juda yuqori bo‘lgan.