O‘zbekistonning kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Positive Hack Days’da 3-o‘rinni egallashdi

Fan-texnika 14:56 / 24.05.2018 6859

2018 yilning 15 va 16 may kunlari Moskva xalqaro savdo markazida VIII amaliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Positive Hack Days xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Positive Technologies kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu anjumanda kiberhimoya bo‘yicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam bo‘lishdi. Bu haqda Axborot va jamoat xavfsizligi markazi saytida xabar qilingan.

Amaliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Positive Hack Days sakkizinchi xalqaro forumining kun tartibidagi iqtisodiyotni raqamlashtirishda davlat va regulyatorlarning roli; moliyaviy texnologiyalarning raqamlashtirilishi; o‘ta muhim axborot infratuzilmasining xavfsizligi hamda axborot xavfsizligi xatarlarini kamaytirish va nazorat qilish bo‘yicha choralar, jismoniy xavfsizlikni ta'minlashning uslublari va vositalari kabi masalalar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari 15 daqiqada himoya vositalarini aylanib o‘tib, bankomatni buzish va qurilmadan pullarni yechib olish vazifasi qo‘yilgan Leave ATM Alone nomli individual tanlovda ishtirok etishdilar. O‘tkazilgan individual tanlov natijalariga ko‘ra, Markaz mutaxassislari sharafli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ko‘proq yangiliklar: