Rossiyadagi «Armiya-2024» forumida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi

Jahon 09:21 / 15.08.2024 2754

Moskvada «Armiya-2024» xalqaro harbiy-texnik forumi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi saytidagi xabarda aytiladi

Forumning ikkinchi kuni ishida 80 ga yaqin xorijiy davlatlarning mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi. Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatining xorijlik hamkasblari bilan 10 ta ikki tomonlama uchrashuvlari tashkil etildi va o‘tkazildi. 

Ta’kidlanganidek, istiqbolli harbiy texnikalar ko‘rgazmasi xorijiy mamlakatlar mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi. 

Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov «Armiya-2024» xalqaro harbiy-texnik forumi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. 

Ko‘proq yangiliklar: