Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Model 3 xususiyatlarini yaxshilashga va'da berdi, bu elektrokarning tormoz olish yo‘li bo‘yicha salbiy fikrlar sabab amalga oshadi, deb yozmoqda The Verge.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Consumer Reports jurnali ekspertlari Tesla Model 3 test-drayvidan so‘ng, ular elektromobilni tormoz olish tizimidagi muammolar sababli sotib olishga tavsiya eta olishmasligini ma'lum qilishgan.
Ta'kidlanishicha, yangi Tesla’ning tormoz olish yo‘li soatiga 97 kilometr tezlikda 46 metrni tashkil etadi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkichlar shunday narx toifasidagi boshqa avtomobillardan ancha yomondir.
Shu bilan birga, Mask retsenziya e'lon qilingach, kompaniya elektrokardagi bu muammoni dasturiy ta'minotni yangilash yordamida hal qilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Shuningdek, Tesla asoschisi ekspertlarni elektromobilni yana bir bor testdan o‘tkazishga chaqirgan. Maskning fikricha, portal jurnalistlariga elektrokarning eng birinchi versiyalaridan biri tushib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask The Boring Company tomonidan qurilgan tunnel bo‘ylab safar qilish qanchaga tushishini aytgandi.