Artel kafolat shartlarini izohladi

Fan-texnika 09:00 / 23.05.2018 16831
Foto: Artel 

O‘z ustida ishlash va modernizatsiyalash Artel korxonasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Artel zavodlari dunyoning eng sifatli ishlab chiqarish asbob uskunalari bilan jihozlangan va yuqori kvalifikatsiyalik, tajribali mutaxassislarga ega. Samsung kompaniyasi mahsulotlarining Artel zavodlarida ishlab chiqarilishi esa buning yorqin dalilidir.

Alohida aytib o‘tish joizki, Artel dunyoning eng yirik yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri bo‘lmish Coca-Cola korxonasi bilan hamkorlik qiladi. Ikki yirik kompaniya Soca-Cola yaxna ichimliklari uchun mo‘ljallangan vitrina sovitkichlarini O‘zbekiston savdo shoxobchalariga yetkazib berish to‘g‘risida bitim tuzishgan.

Kafolat shartlari

Artel korxonasi har bir mijoziga alohida e'tibor qaratadi va har bir mijoz uchun alohida qulay sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Aynan shu sababli Artel kompaniyasida ishlab chiqariluvchi barcha yirik maishiy texnika 3 yillik bepul to‘liq kafolatga ega. Kafolat muddati davomida mijozlar ushbu imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:

- To‘liq bepul servis xizmati
- To‘liq bepul ta'mirlash ishlari
- To‘liq bepul ehtiyot qismlarni almashtirish.

Foto: Artel 

Ta'mirlash uchun ketgan vaqt kafolat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

Artel korxonasi kafolat muddati mobaynida mahsulotning, shu jumladan ehtiyot qismlarining to‘g‘ri ishlashini ta'minlaydi.

Kafolat muddati davomida barcha ehtiyot qismlar bilan ta'minlash va servis xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan 34 dan ortiq servis markazlardan birida amalga oshirilishi mumkin.

Shu borada aytish joizki, 3 yillik to‘liq kafolat shartlari Artel maishiy texnikasini xarid qiluvchi barcha mijozlarga qulayliklar va samarali hamkorlik uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 

Batafsil ma'lumot uchun (+99871) 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki www.artelgroup.orgwww.fb.com/arteluzb saytlariga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: