Isko «Real»ni tark etishga qaror qildi

Foto: AS
«Real» yarimhimoyachisi Isko mavsum oxirida klubni tark etishga qaror qildi.
Ok Diario xabariga ko‘ra, futbolchi zaxirada o‘tiraverishdan bezib ketgan va Chempionlar Ligasi finalidagi natijadan qat'iy nazar, bosh murabbiy Zinedin Zidan qo‘l ostida qolishni istamayapti. U 26 may kunidan so‘ng, barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Isko vakillari bilan bog‘langani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassis «Barselona»da ishlagan davridan beri uning o‘yinini kuzatib kelmoqda.
Mavzuga oid

01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi

02:16 / 13.01.2025
7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi

01:58 / 02.06.2024