Rossiyadagi o‘zbekistonlik yoshlar uchun onlayn muloqot o‘tkaziladi

Jamiyat 18:21 / 21.05.2018 3876

Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning murojaatlarini inobatga olib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn muloqot o‘tkazadi! Onlayn muloqot 2018 yilning 28 may kuni, soat 16:00da bo‘lib o‘tadi.

Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga tegishli tashkilotlar — O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh Boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari javob berishadi.

Onlayn muloqotdan maqsad, Rossiya Federatsiyasidagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rish, mamlakatimizda yosh kadrlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan ularni yaqindan tanishtirishdan iborat!

Murojaatlar:  +998998584430 Telegram raqamlari orqali qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: