Yevropa investitsiya banki delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Yevropa investitsiya banki (YeIB) delegatsiyasi vitse-prezident Vazil Xudak boshchiligida O‘zbekistonga keldi. Respublika TIV matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, hukumat, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘rin olgan. Bu uchrashuvlarda O‘zbekiston va YeIB o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarining amaliy mezonlari muhokama qilinmoqda.
Delegatsiya shuningdek "UzbekistanPeugeotCitroenAutomotive" qo‘shma tadbiriga tashrif buyuradi.
Ta'kidlash joizki, 2017 yilning 13 oktabrida Yevropa investitsiya banki va O‘zbekiston o‘rtasida YeIBning O‘zbekistondagi faoliyati huquqiy asoslarini belgilab beruvchi doiraviy kelishuv imzolangandi.
Hujjatga ko‘ra, YeIB davlat infratuzilmasi, energetika va energosamaradorlik, shuningdek kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish kabi sohalarda davlat hamda xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning YeIB bilan hamkorlik qilayotgan to‘rtinchi mamlakati. Bunday kelishuvlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan ham imzolangan. Bu kelishuvlardan keyin 700 million yevrodan ortiq moliyalashtirish operatsiyalari amalga oshishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

21:54 / 03.03.2025
Gurjiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:43 / 27.12.2024