Boeing yo‘lovchi samolyotida yig‘iluvchi qanotning qo‘llanishiga ruxsat berildi

Fan-texnika 10:28 / 21.05.2018 8769

AQShning fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi Boeing 777X yo‘lovchi samolyotlarida yig‘iluvchi qanot konstruksiyasini qo‘llashni ma'qulladi. Avval bunday qanotlar fuqarolik samolyotlariga seriyali ravishda o‘rnatilmagan, ular faqatgina dengiz aviatsiyasi jangovar samolyotlari konstruksiyasida qo‘llangan. Qanotlar samolyot o‘lchamlarini kamaytirish uchun faqat aeroportda qo‘llanadi, parvoz vaqtida yig‘iluvchi mexanizm qo‘zg‘almas qilib mahkamlanadi. 

Foto: Boeing

Boeing 777X samolyoti Boeing 777’ning keng fyuzelyajli versiyasi bo‘lib, bozorga 2020 yildan keyin chiqishi kerak. Yangi samolyot o‘z bortiga bugungi kundagi eng sig‘imdor Boeing’dan 40 yo‘lovchi ko‘proq oladi. AQSh kompaniyasi 300 ta shunday samolyotga buyurtma olgan, ulardan 150 tasiga Emirates aviakompaniyasi buyurtma bergan. Boeing 777X’ning qanotlari qulochi kompaniyaning barcha samolyotlarinikidan eng kattasi bo‘lib, 71,8 metrga yetadi.  

Foto: Boeing

Boeing 777X’ga yig‘iluvchi qanot odatiy uchish-qo‘nish polosalarida qiyinchiliksiz harakatlanishi va standart aviatsion angarlarga joylashishi uchun zarur. Qanotning yig‘iluvchi qismi uzunligi 7,3 metrni tashkil qiladi va shu tariqa uning yig‘ilgan holdagi uzunligi 64,5 metr bo‘ladi. 

Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qanotning yig‘ilib-ochilishiga 20 soniyadan kamroq vaqt ketadi.

Ko‘proq yangiliklar: