Berluskoni Qrimga safarini yodga oldi

Foto: RIA Novosti /Aleksey Drujinin
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Qrimni Rossiyaning eng chiroyli mintaqasi, deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Siyosatchi o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilib, yarim orolga uyushtirgan safarini yodga olgan.
«Men Qrim bo‘ylab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga, Qora dengiz bo‘yidagi yo‘ldan ketgandim. Chapda ajoyib o‘simliklarga ega juda chiroyli bog‘larni ko‘rdim», - degan Berluskoni.
Shuningdek, uning xotirlashicha, bog‘larning go‘zalligidan hayratga tushgan.
«Bu mintaqani, Qrimning aynan shu qismini, Rossiyaning eng go‘zal hududiga aylantiradi», - deya aytib o‘tgan Italiya sobiq bosh vaziri.
Agentlikning ta'kidlashicha, siyosatchi Qrimga 2015 yilning sentabrida xususiy tashrif bilan kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Qrim ko‘prigi bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid

20:42 / 25.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar

17:01 / 01.01.2025
Ukraina tarixda ilk bor dengiz droni bilan Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Bu qanday uddalandi?

20:00 / 31.12.2024
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba yo‘lladi, Ukraina javob qaytardi

15:36 / 23.12.2024