Belgiya JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi. Nainggolan mundialga bormaydi

Sport 17:00 / 21.05.2018 11794

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2018 yilgi jahon chempionati uchun 28 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Belgiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Kun Kastels («Volfsburg»), Tibo Kurtua («Chelsi»), Simon Minole («Liverpul»), Matts Zels («Anderlext»);

Himoyachilar: Tobi Alderveyreld («Tottenhem»), Dedrik Boyata («Manchester Siti»), Loran Siman («Los-Anjyeles Gelaksi»), Leander Dendonker («Anderlext»), Kristian Kabasele («Uotford»), Vensan Kompani («Manchester Siti»), Jordan Lukaku («Latsio»), Toma Mene («PSJ»), Tomas Vermalen («Barselona»), Yan Vertongen («Tottenhem»);

Yarim himoyachilar: Yannik Ferreyra Karrasko («Dalyan Ifan»), Nosir Shodli («Vest Bromvich»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Musa Dembele («Tottenhem»), Marvon Fellayni («Manchester Yunayted»), Eden Azar («Chelsi»), Torgan Azar («Borussiya» Menxengladbax), Adnan Yanuzay («Real Sosedad»), Yuri Tilemans («Monako»), Aksel Vittsel («Tyantszin Tsyuantszyan»);

Hujumchilar: Mishi Batshuayi («Chelsi»), Kristian Benteke («Kristal Pelas»), Romelu Lukaku («Manchester Yunayted»), Dris Mertens («Napoli»).

«Roma» yarim himoyachisi Radja Naynggolan Belgiyaning kengaytirilgan tarkibida ham o‘rin olmadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines bu taktik qaror ekanini aytib o‘tdi: «Biz Naynggolan «Roma»ning muhim futbolchisi ekanini bilamiz. Ammo biz unga terma jamoada bu rolni bera olmaymiz. Naynggolan – top-futbolchi, ammo uning qolib ketishi sababi – taktika nuqtai nazarida qabul qilingan qarordir».

Ko‘proq yangiliklar: