JCh-2022. Belgiya Kanada ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Sport 02:39 / 24.11.2022 12413

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida F guruhida 1-tur bahslari yakuniga yetdi. 

36 yillik tanaffusdan so‘ng mundialga chiqqan Kanada kutilmaganda Belgiyaga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi. KONKAKAF jamoasi raqib darvozasiga 21ta zarba berdi, Alfonso Devisning penaltidan bergan zarbasini esa Tibo Kurtua qaytardi.

Chempionlikka da’vogarlar qatorida tilga olingan Belgiya o‘z imkoniyatidan foydalandi va Mishi Batshuayining yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya va Marokash o‘rtasidagi guruhning birinchi o‘yinida hisob ochilmagandi. 

JCh-2022. 1-tur. F guruhi
Belgiya — Kanada 1:0

23 noyabr, «Ahmad bin Ali»
Gol: Batshuayi (44).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Devis (11).
Belgiya – Kurtua, Kastan, Vertongen, Alderveyreld, Dendonker, Karrasko (Mene, 46), Vitsel, de Bryuyne, Tilemans (Onana, 46), Azar (Trossard, 62), Batshuayi (Openda, 78). 
Kanada – Boryan, Lareyya (Adekugbe, 74), Vitoriya, Miller, Jonston, Hatchinson (Kone, 58), Eushtakiu (Osorio, 81), Hoylett (Larin, 58), Devid, Byukenen (Millar, 81), Devis.
Ogohlantirishlar: Karrasko (9), Mene (53), Onana (56), Devis (81), Jonston (83).

Ko‘proq yangiliklar: