Mask ikkita dvigatelli Tesla Model 3 ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi  

Fan-texnika 23:33 / 20.05.2018 7787

Tesla rahbari Ilon Mask tvitterda Model 3 elektromobilining to‘liq privodli va mashinaning old va orqa qismida joylashadigan ikkita dvigatelli varianti ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi. 

Bir dvigatel yuqori tezlik bilan yurishga, boshqasi esa katta masofalarga yurishga mo‘ljallangan. Maskning aytishicha, agar dvigatellardan biri ishlamay qolsa, haydovchi ikkinchi dvigatelda harakatni davom ettiraveradi.

Kompaniya to‘liq privodli Model 3’ning ikkita varianti ustida ishlamoqda. Mashinaning birinchi – hamyonbop varianti standart Model 3’dan 5 ming dollarga qimmat bo‘ladi va narxi 49 ming dollardan boshlanadi. Uning maksimal tezligi 225 km/soatni tashkil qiladi, akkumulyator to‘la bo‘lsa, taxminan 500 km yo‘lga yetadi. 

Tezroq harakatlanuvchi va qo‘shimcha funksiyalar paketiga ega, to‘liq privodli, ikkita dvigatelli Model 3 narxi 78 ming dollar turadi. Mashinaning maksimal tezligi 250 km/soatni tashkil qiladi.   

“Narxi BMW M3 kabi turadi, biroq 15 foizga tezroq va yaxshi boshqariladi. Trassada shu sinfdagi istalgan mashinadan o‘zib ketadi”, deb yozgan Mask.

Kompaniya ushbu mashinani 2018 yil iyulidan savdoga chiqarmoqchi. Mask yangi elektromobilning ko‘rsatkichlarini mashinaning ishlab chiqarilishidagi ushlanishlardan norozi bo‘layotgan sarmoyachilar tomonidan bosim o‘tkazilayotgan bir paytda oshkor qildi.

Ko‘proq yangiliklar: