Volkswagen elektromobillar uchun tezlik rekordini yangilamoqchi

Fan-texnika 10:42 / 19.05.2018 6013

Elektrokarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘rtasida AQShning Kolorado shtatidagi Pikes Peak tog‘iga tez ko‘tarilish bo‘yicha musobaqa mavjud. Bu musobaqa elektrokarning barcha tizimlarini sinashga qaratilgan bo‘lib, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga va shu tariqa avtomobilni yanada yaxshiroq qilishga imkon beradi. Yaqinda bu musobaqada Volkswagen ham ishtirok etishga qaror qildi. Kompaniya nafaqat cho‘qqini zabt etmoqchi, balki buni o‘zidan avvalgi barcha mashinalardan tezroq bajarmoqchi.

Kompaniya maqsadiga erishishi uchun muhandislar sport elektrokari yaratishdi. Avtomobilda umumiy quvvati 680 ot kuchini tashkil qiluvchi ikkita elektromotor o‘rnatildi, mashina 100 km/soat tezlikka 2,25 soniyada erisha oladi, uning og‘irligi esa 1100 kgni tashkil qiladi. 

Kompaniya mutaxassislari avtomobil prototipini aeroquvurda sinovdan o‘tkazishdi. Ma'lum qilinishicha, mashinani yaratishda 3D-bosma yordamida olingan 2 mingdan ko‘proq detal qo‘llangan. Buning evaziga muhandislar mashinaning turli qismlariga bir zumda o‘zgartirishlar kirita olishgan.

Hozirda Pikes Peak tog‘iga ko‘tarilish bo‘yicha rekord 8 daqiqa 57,118 soniyani tashkil qiladi. Volkswagen bu rekordni 24 iyunda yangilashga urinib ko‘radi. 

Ko‘proq yangiliklar: