Uber bosh direktori Doro Xusravshohiy – avtomobillar uchadigan kelajak haqida

Fan-texnika 08:57 / 19.05.2018 6201

Uber bosh direktori. Doro Xusravshohiy The Verge nashriga bergan intervyusida kompaniyaning kelajagi, uchar va haydovchisiz avtoulovlar bo‘yicha rejalar, Trevis Kalanikning merosi bilan qanday ishlayotgani haqida gapirib berdi. «Xaytek» intervyudan qisqacha qismni e'lon qildi.

- Uber’da ish boshlagandan so‘ng, biz kompaniyaning kelajagi faqat taksilarda emasligini angladik. Biz faoliyatimiz ko‘lamini oddiy avtomobillardan kengroq transport usullariga qadar kengaytirishga qaror qildik. Qandaydir pallada bizga yer yuzida va shaharlarda yetarlicha joy ham topilmadi.

- Men jamoam bilan o‘tirib, boshqaruv va bir nuqtadan boshqasiga harakatlanish sohasidagi turli loyihalarni ko‘rib chiqdim. Natijada kelgusi 30 yil mobaynida shahar mobilligini vertikalizatsiya yordamida boshqarishimiz kerak ekanini tushundik.

- Endi biz asosiy kuchimiz - mahsulotni kengaytirish qobiliyatidan foydalanishimiz kerak. Biz aqlli mahsulotni ishlab chiqishimiz va uni global bozorda kengaytira olishimiz mumkin - Uber bilan shunday bo‘ldi, keyin s Uber X bilan - hattoki oziq-ovqat yetkazib berishda ham!

- Turli transport turlarini bir ilovada birlashtirish uchun bizda noyob imkoniyatlar mavjud - shuning uchun bir servisni faol rivojlantirishni davom ettiramiz. Biz o‘zimiz hech narsa qurmaymiz - ishlanma uchun sheriklarni jalb etdik, ular dronlar hamda uchar avtomobillarni yaratmoqda. Uber boshqaruv texnologiyasini yaratadi, shuningdek, barcha jarayonlarni standartlashtiradi. Shuning uchun Uber ilovasiga jamoat transporti avtobuslari, poyezdlar va metrolarni qo‘shish imkoniyati paydo bo‘lishi uchun transport tashkilotlari, shahar hokimiyati va tartibga solish organlari bilan hamkorlikka juda ochiqmiz.

Foto: The Verge

- Umid qilamanki, yaqin kelajakda bizning dronlarimiz yana yo‘llarda paydo bo‘ladi. AQSh yo‘llariga imkon qadar xavfsiz tarzda qaytish uchun ko‘proq variantlarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Biz qo‘shimcha mustaqil ekspertlarni, shu jumladan, Milliy yo‘l harakati xavfsizligi kengashidan jalb etyapmiz, ular avtopilotimiz xavfsizligini o‘z usullari bilan sinab ko‘rishi mumkin.

- Xatolarimizni tuzatishda biz kamchiliklarni nafaqat texnik ta'minotda, balki avtopilot tuzilmasida ham qidiramiz.

- Yaxshiyamki, aviatsiya sanoati xavfsizlik sohasini eng yaxshi standartlashtirilishiga ega, shuning uchun biz hech narsa kashf qilishimiz shart emas. Hammamiz buni bilamiz, sababi ko‘plab bozor ishtirokchilari bilan uchar avtomobillarni ishlab chiqmoqdamiz, shuningdek, deyarli barcha tartibga solish idoralari bilan ishlamoqdamiz.

- Dastlab, bizning uchar avtoulovlarimiz faqat uchuvchilik bo‘ladi. Va men boshqacha yo‘l tutish imkoniyatini hali ko‘rmayapman - bu xavfsiz emas.

Foto: The Verge

- Men xavfsizlik bilan bog‘liq kichik muammolar borligiga qo‘shilaman. Biroq, Uber faqat raqamli kompaniya emas. Biz haqiqiy dunyo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador raqamli kompaniyamiz. Siz tugmachani bosasiz – mashina keladi, boshqa tomondan - sizga oziq-ovqat olib kelamiz. Kompaniyamizda har kuni real dunyoda 50 million safar amalga oshiriladi, yo‘l harakatida esa boshqa ishtirokchilar ham bor, baxtsiz hodisalar yuz beradi va hokazo - biz sizni bundan himoya qilishga intilmoqdamiz, biroq bu ikki reallik - raqamli va haqiqiy dunyo to‘qnashuvi bilan bog‘liq muammodir.

- O‘tgan yil oxiridan boshlab, Uber'ning asosiy ustuvorligi - yo‘lovchilar va haydovchilar uchun xavfsiz muhitni yaratish. Biz politsiyani chaqiruv tugmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaga kiritdik, haydovchilarni yaxshilab tekshirib chiqmoqdamiz va yo‘lovchilarning qarindoshlariga uning qayerda joylashganini kuzatib borishga imkon yaratdik. Bu faqat boshlanishi, biz bu yo‘nalishni yanada rivojlantirishni davom ettiramiz - umid qilamanki, xavfsizlik bizning boshqa transport kompaniyalaridan eng katta farqli jihatimiz bo‘ladi.

- Menga haydovchilarimizning ularning bizga ishlashi bo‘yicha fikrlari juda muhimdir. Eng ko‘p uchraydigan javob: «Men o‘zim xo‘jayin bo‘lmoqdaman, istagan vaqtimda ishlayman, xohlagan paytida dam olaman». Bu biz uchun juda muhim - yo‘lovchilar va haydovchilarning sherigimiz, biroq ularni boshqarmaymiz. Kelgusida men qonunchilik bizni o‘zgarishga majbur qilishi mumkinligini istisno qilmayman, ammo hozirgi kunda tartibga solish jarayoni u qadar chigal emas.

Ko‘proq yangiliklar: