Surxondaryoda kollej o‘quvchisini pichoqlab ketishdi

Jamiyat 18:20 / 19.05.2018 25108

18 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan, J.S. Fayzli mahallasida joylashgan AYoQSh oldida o‘zaro janjal oqibatida kollej o‘quvchisi I.X.ning ko‘krak va chap oyoq son qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada I.X. kasalxonaga yotqizilgan. J.S. qo‘lga olingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: