Nissan noyob tomni taqdim etdi

Fan-texnika 09:05 / 19.05.2018 8230

Nissan kompaniyasi o‘zining Nissan Energy Solar quyoshli tomi loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Engadget yozmoqda.

Foto: Nissan

Nissan Energy Solar, Tesla kompaniyasining shunga o‘xshash loyihasidan farqli o‘laroq, faqat Buyuk Britaniyada sotilmoqda – bu yerda an'anaviy ravishda yomon ob-havo, tuman va yomg‘ir kuzatiladi. Gap shundaki, Nissan Energy Solar quyosh tomlari yomon ob-havo sharoitida ham ishlaydi, yaxshi ob-havo paytida yig‘ilgan energiyani esa o‘zining Leaf akkumulyatorida saqlaydi. Batareyada saqlanadigan energiya nafaqat uyni quvvatlantirish, balki NV200 va Nissan Leaf elektrokarlarini zaryadlash uchun ham ishlatilishi mumkin.

Nissan kompaniyasining quyosh batareyasi taxminan 5,2 ming dollar turadi, shu bilan birga, xaridor har yili elektr energiyasi uchun xarajatlarning 70 foizini tejaydi. Bundan tashqari, kompaniya har bir uy uchun buyurtmachiga alohida tanlov taqdim etadi - bu holda batareyaning qiymati jiddiy ravishda qisqartirilishi mumkin.

Foto: Nissan
Ko‘proq yangiliklar: