Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko‘rdi 

O‘zbekiston 18:28 / 19.05.2018 54396

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 2 iyunda Andijon viloyatida bo‘lganida Asaka tumanida zamonaviy issiqxona qurish loyihasi taqdim etilgan edi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirkor tashabbusi va davlat ko‘magi natijasida ushbu loyiha qisqa davrda ro‘yobga chiqdi. «Sabo hamkor» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida banan va pomidor yetishtiriluvchi issiqxonalar bunyod etildi. Turkiyaning «Asya Modern Serachilik» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan innovatsion uskunalar olib kelindi. 

Prezident mazkur issiqxonalarni kirib ko‘rdi. Kompyuter orqali boshqariladigan sovitish va sug‘orish tizimi bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

2 gektarlik issiqxonada banan ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Birinchi mavsumda bu mevadan 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda. Pomidor ko‘chatlari ekilgan 1 gektarlik issiqxonadan joriy yilda 300 tonna hosil olish va qo‘shni davlatlarga eksport qilish mo‘ljallanmoqda. Korxonada 40 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratilgan.  

Jamiyat tomonidan kelgusida ushbu zamonaviy issiqxona majmuasini kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish rejalashtirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbarining «Andijan Silk.Co» qo‘shma korxonasiga tashrifi chog‘ida «Marhamat - 2017» tuti haqida ma'lumot berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: