Eng xaridorgir Android-smartfon ma'lum qilindi

Fan-texnika 21:13 / 19.05.2018 30660

Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2018 yil 1-choragi uchun hisobotida Xitoyning Xiaomi kompaniyasining hamyonbop Redmi 5A smartfonini mart oyida eng ko‘p sotilgan Android-smartfon deb ma'lum qildi. Xiaomi bunday natijaga ilk bor erishdi.

Foto: Ferra.ru

Xiaomi 100 dollar turuvchi Redmi 5A’ni 2017 yil kuzida taqdim qilgan. Smartfon, shuningdek, operatsion tizimidan qat'iy nazar barcha smartfonlar ichida 3-raqamli eng xaridorgir telefon bo‘ldi. Bu borada 1-o‘rinni bozorning 3,5 foiz ulushini egallagan iPhone X, 2,3 foizlik ulush bilan iPhone 8 Plus egallamoqda. Xiaomi Redmi 5A hissasiga mart oyida butun dunyo bo‘ylab sotilgan smartfonlarning 1,8 foizi to‘g‘ri kelgan. 

4-o‘rinni Oppo A83 modeli, Samsung Galaxy S9 va S9 Plus modellari esa mos ravishda 5-6-o‘rinlarni egallagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: