Bu sodir bo‘ldi. Ba'zi o‘quvchilarda shubha uyg‘ongan bo‘lsa-da, - birinchi rasmiy (muallif tomonidan ma'qullangan) iHoops servis-markazi Toshkent markazida o‘z eshiklarini ochdi. Bu boradagi barcha batafsil ma'lumotlarni markaz direktori Husniddin Kamolov taqdim etdi.
Sizni shaharning boshqa xizmat ko‘rsatish markazlaridan farqlab turadigan narsa nima?
«Biz Apple’ning kompaniya mahsulotlariga kafolatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy sertifikatiga ega bo‘lgan hozircha yagona markazmiz. Bizda shaharda resserlarimiz bor. Misol uchun, siz Beeline kompaniyasida «bizning hududimiz uchun» iPhone sotib olishingiz mumkin, ammo biz faqatgina kafolatli xizmat ko‘rsatish huquqiga egamiz.»
Kafolatlangan xizmatda smartfonning qayerda sotib olingani muhim ahamiyatga ega. Koreya yoki Dubayda Apple mahsulotlarini xarid qilganlar bilan nima bo‘ladi?
«Agar sizda MacBook yoki iMac bo‘lsa, bu qurilmalarga Apple’da kafolat butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Bizga kompyuterni olib kelasiz va agarda bu kafolat holati bo‘lsa, biz muammoni hal qilamiz. Smartfonlar, planshetlar yoki Apple Watch’ga kelsak, vaziyat bir oz farq qiladi. Ushbu mahsulot gadjyet qaysi mintaqaga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha hududga ko‘ra xizmat ko‘rsatiladi. Misol uchun, Xitoyda iPhone sotib olgan bo‘lsangiz, faqatgina Xitoy xizmat ko‘rsatish markazlari sizga yordam berishi mumkin. Xuddi shu narsa iPad va Apple Watch uchun ham amal qiladi. Agar foydalanuvchi bizning mintaqamizga mo‘ljallangan iPhone’ni yillik kafolat bilan sotib olsa va u nuqsonli bo‘lsa, unda biz uni yangisiga almashtirib beramiz. Jarayonning murakkabligi tufayli almashtirish davri 15 dan 20 kungacha davom etadi. Umid qilamizki, bu muddat vaqt o‘tishi bilan sezilarli pasayadi.»
Mintaqamiz uchun mo‘ljallangan smartfonlarni qayerdan sotib olsa bo‘ladi?
«Avval aytganimdek, Beeline ofisida, shuningdek, Elmakon do‘konlari tarmog‘ida. Hatto «Malika»da shunday iPhone’lar bor. Qurilmada bizning mintaqamiz uchun kafolati bor yoki yo‘qligini oldindan aniqlab olishingiz kerak, yoki bizga qo‘ng‘iroq qilsangiz, ushbu qurilma O‘zbekiston hududida xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanganligini tekshirib ko‘ramiz. Biz mijozlarimiz haqida qayg‘urganimiz tufayli, buni qilishga tayyormiz.»
«Kafolatli holat» tushunchasiga nima kiradi?
«Masalan, smartfon qotib qolsa, akkumulyatori tez o‘tirsa yoki shishgan batareya sababli shishasi darz ketsa - bunday epizodlar kafolatli holatlar hisoblanadi. Agarda, muammo qurilmaning egasi xatosi tufayli paydo bo‘lgan bo‘lsa, masalan, uni tushirib yuborishgan, shishasi yoki korpusini sindirishgan bo‘lsa, albatta, bu holatlarda kafolat amal qilmaydi. Yaqinda bizda bir vaziyat yuz berdi. Bir kishi Face ID noto‘g‘ri ishlagan iPhone X’ni olib keldi. Biz gadjyetni sinovdan o‘tkazdik, muammoni kafolatlangan deb topdik va foydalanuvchiga smartfonni almashtirib berdik. Umuman olganda, har bir qurilma Apple tomonidan ishlab chiqilgan maxsus tizimda sinovdan o‘tganligiga e'tibor qaratmoqchiman. Hech qanday inson omili va xatolar bo‘lishi kerak emas. Tizim qurilmani tekshiradi va muammoni obektiv ravishda ochib beradi.»
Ko‘pchilik «avtorizatsiya qilingan» prefiksga shubha bilan qarashadi. Foydalanuvchilar bu qanday tasdiqlangani va Apple sizlarning mavjudligingizni haqiqatdan ham bilishi haqida so‘rashmoqda?
«Albatta. Biz sertifikat olish uchun juda ko‘p kuch, vaqt va quvvat sarfladik. Aloqalarni juda uzoq vaqt davomida o‘rnatdik, muzokaralar o‘tkazdik, kompaniya bir qator aniq va murosasiz shartlarni bajardi. Bundan tashqari, bizning jamoa Apple standartlari bo‘yicha ko‘p bosqichli imtihondan o‘tdi. Ular uyqusiz oylar edi. Tasavvur qiling, xizmat ko‘rsatish xonamizning har bir millimetri, shu jumladan belgilar, shriftlar va harflarning joylashuvi Apple talablari bo‘yicha qilingan.»
Hoops servis markazining barcha faoliyati Apple tomonidan sertifikatlangan.
Imtihon paytida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
«Qizig‘i shundaki, texnik jihat katta qiyinchilik tug‘dirmadi. Biz maxsus savollarga javob berishda hech qanday qiyinchiliklarga uchramadik, chunki gadjyetlarga xizmat ko‘rsatishda katta tajribaga egamiz. Mijozlar bilan ishlash psixologiyasi eng qiyini bo‘ldi. Bu yerda mentalitet, aloqa va yondashuvning katta farqi rol o‘ynadi. Amerikada oddiy sifatida qabul qilingan ko‘p narsalar bizda doim ham ish bermaydi. Bu asosiy qiyinchilik edi. Biz ushbu imtihon bosqichidan o‘tish uchun bir tonna adabiyotni o‘rgandik.»
Foydalanuvchilarda, servis markazlari haqida gap ketganida, eng keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchasi nima?
«Servis markaz smartfon bilan bog‘liq deyarli barcha muammolarni bartaraf qilishga qodirligi, jumladan, foydalanuvchi ma'lumotlari bilan yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal qilish berishiga doir fikr. Bu noto‘g‘ri. Misol uchun, bizdan ko‘pincha iCloud bilan bog‘liq masalalarda yordam berishni so‘rashadi. Barcha o‘quvchilarga shuni tushuntirib bermoqchimanki, birorta servis markazi mijozning shaxsiy ma'lumotlariga tegish huquqiga ega emas. Apple uchun ularning xavfsizligi masalasi - muqaddas. Bunday masalalarni faqatgina kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmati hal qilishi mumkin.»
O‘z faoliyatingiz istiqbollarini qanday ko‘rmoqdasiz?
«Ancha uzoqqa borish. 2018 yil Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yili, deb e'lon qilindi. Ushbu yondashuv bizni ajoyib tarzda rag‘batlantirmoqda va ruhlantirmoqda. Biz mamlakatda hozirda muhim vazifalar markazda turganini his qilmoqdamiz, hamda bu bizga ko‘proq narsaga intilishda yordam beradi. Bizda katta rejalar mavjud va ularning amalga oshishiga ishonamiz.»
iHoops servis markazining ish jadvali:
Dushanbadan jumagacha: 10:00 - 19:00
Shanba: 13:00 - 17:00 Kafolatli bo‘lmagan xizmatlar uchun arizalar qabul qilish kuni.
Manzil: Toshkent sh., Abay ko‘chasi, Janggoh 2/76
Telefonlar: +998 97 772-22-21 +998 93 595-11-11
Reklama huquqi asosida