2019 yil 1 yanvarigacha elektron pullar bo‘yicha to‘lov haqidagi hujjat ishlab chiqiladi

Iqtisodiyot 11:17 / 18.05.2018 6578

O‘zbekiston hududida elektron pul aylanmasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat 2019 yil 1 yanvargacha tayyorlanadi. 

Spot’ning yozishicha, bu prezidentning «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ilovasi bilan nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, elektron tijorat kelishuvlarida elektron pullar, shu jumladan xorijiy elektron hamyondagi mablag‘lar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi belgilanadi.

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar mas'ul etib belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: