Uorren Baffet Apple’ning 2-raqamli eng yirik aksiyadoriga aylandi

Fan-texnika 09:59 / 17.05.2018 5526

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetning kompaniyasi Apple kompaniyasining 2-raqamli eng yirik aksiyadori ekanligini tasdiqladi. Berkshire Hathaway Inc.da aytilishicha, kompaniya, shuningdek, IBM’ning barcha aksiyalarini sotib yuborgan.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, u Apple’ning 40 mlrd dollardan ko‘proq qiymatli 239,6 mlnta aksiyasiga ega. Shu tariqa, Baffet ayni vaqtda Apple’ning taxminan 5 foiz aksiyasiga ega. Berkshire Hathaway Inc. bu borada faqatgina Vanguard Group’dan ortda qolmoqda. Vanguard Group kompaniyasi Apple’ning qancha aksiyasiga egaligi noma'lum.

Shu bilan birga Baffet kompaniyasi 20-asr oxirida Apple bilan raqobat qilgan IBM’ning barcha aksiyalaridan xalos bo‘lganini ma'lum qildi. Kompaniya IBM’ning 314 mln dollarlik aksiyasini sotib yuborgan. Shuningdek, Baffet General Motors’dagi ulushini 2 mlrd dollardan 1,8 mlrd dollargacha kamaytirgan. 

7 may kuni dunyoning 3-raqamli eng badavlat odami CNBC telekanaliga bergan intervyusida Apple’ning 100 foiz aksiyasiga ega bo‘lishini istashini aytgan. Ayni vaqtda Baffetning boyligi 84 mlrd dollarga baholanmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: