Nazarboyev kriptovalyuta nima sababdan paydo bo‘lganini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrida Apple hamasoschisi Stiv Voznyak bilan payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qilishicha, kriptovalyutaning paydo bo‘lishi dunyoda bir valyuta hukmronligiga javob bo‘ldi.

Nazarboyev payshanba kuni Ostona shahrida Ostona iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun kelgan Apple shirkati hamasoschisi Stiv Voznyak bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirishning alohida masalalari va kriptovalyuta rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
«Nursulton Nazarboyevning ko‘rsatishicha, emissiya markazlari tomonidan boshqarilmaydigan kriptovalyuta paydo bo‘lishining sababi bir valyutaning dunyodagi ustunligidadir. Shu bilan birga, davlat rahbarining ta'kidlashicha, Qozog‘iston hisob-kitoblarda milliy valyuta bilan birgalikda, boshqa valyutalardan ham foydalanmoqda», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Voznyak, o‘z navbatida, Qozog‘iston prezidentiga forumda ishtirok etish va global muammolar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi. «Valyutalar hech qachon universal bo‘lmagan - simsiz aloqadan farqli o‘laroq. Boshqa tomondan, kriptovalyutaning katta afzalligi shundaki, ular nazorat qilinmaydi, rivojlanishda to‘xtatmaydi va universal hamda global bo‘ladi», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev yoshlardan umidi katta ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?

21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi

19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida

16:27 / 03.01.2025