Video: Tesla elektromobili samolyotni 300 metrga siljitdi va jahon rekordini o‘rnatdi 

Fan-texnika 14:22 / 16.05.2018 12590

Tesla Model X elektromobili Qantas aviakompaniyasining Boeing 787-9 Dreamliner laynerini qariyb 300 metr masofaga siljitib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Foto: Carscoops

Bu ommaviy ishlab chiqarilgan yengil elektromobili tomonidan eng katta yukni buksirovka qilish bo‘yicha birinchi hodisaga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich Ginnessning rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd etildi. Rekord Avstraliyaning Melburn shahridagi xalqaro aeroport maydonchasida o‘rnatildi.

Foto: Carscoops

Tesla’ning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Model X avtomobili og‘irligi 130,18 tonna bo‘lgan samolyotni joyidan siljitgani tasvirlangan video joylashtirildi. Ayni damga kelib videorolikni deyarli 600 ming marotaba tomosha qilishgan.

Shunisi qiziqki, 2018 yilning mart oyi oxirlarida Qantas aviakompaniyasi ikkita Boeing 787-9 Dreamliner reysini amalga oshirdi. Layner tarixda birinchi marta Avstraliyadan (Perta) Buyuk Britaniyaga (London) va aksincha yo‘nalishda qo‘nishsiz parvoz qildi.

Ko‘proq yangiliklar: