Nurxon Nafasov O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasiga prezident bo‘ldi

Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiyada federatsiya prezidenti lavozimiga 1996-2006 yillar mobaynida federatsiyani muvaffaqiyatli boshqarib, qator yutuqlarga erishgan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, qora belbog‘ 6-DAN sohibi Nurxon Nafasov nomzodi ilgari surildi. Konferentsiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab quvvatlashdi va Nurxon Nafasov 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

N.Nafasovga qisqa fursat ichida federatsiya faoliyatini tubdan isloh qilish, iqtidorli sportchilar tayyorlash tizimini yaratish, terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish, Osiyo va Olimpiya kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarni tarbiyalash vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid

13:21 / 04.11.2023
O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

12:02 / 21.10.2023
Karate milliy federatsiyasi negizida O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil etiladi

07:29 / 24.09.2022
O‘zbekiston milliy karate federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

14:17 / 25.07.2022