Moskva shahri Taganka tumani sudining Telegram messenjeriga kirishni bloklash to‘g‘risidagi qarori 15 may kuni kuchga kirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Sana: 15.05.2018. Holati: kuchga kirdi», - deya ko‘rsatilgan ish kartochkasida.
Ta'kidlanishicha, sudning qaroriga u qabul qilingan kundan so‘ng bir oy davomida shikoyat arizasi berilishi mumkin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram Rossiya Oliy sudining qarori yuzasidan shikoyat bilan chiqqani xabar berilgandi.