Abonentlar operatorni almashtirganda mobil raqamlarini saqlab qola oladilar

Fan-texnika 15:54 / 15.05.2018 32995

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mijozlarni mobil aloqa raqamiga bog‘liq holda masofadan identifikatsiya qilish mexanizmining samarali ishlashini ta'minlash maqsadida 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: