Putin va Trampning limuzinlari solishtirildi
AQShning Newsweek nashri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Kortej” loyihasidagi avtomobili va AQSh prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobili solishtirilgan maqolani chop etdi.

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
Ta'kidlanishicha, ikki yetakchi orasida AQShning an'anaviy tashqi siyosatiga zid bo‘lgan va “dunyoni ajablantirayotgan ajoyib munosabatlar” yuzaga kelgan. Biroq ularning ikkisini yuqori sinfdagi limuzinlarga muhabbat birlashtiradi.
Nashr Putinning mashinasini tahlil qilib, u Rolls Royce Phantom va Rolls Royce Ghost limuzinlariga o‘xshashligini ta'kidlaydi. Nashrning ma'lum qilishicha, “Kortej”da 12 silindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u Trampning limuzinidagi 8 silindrli dvigateldan ancha kuchli. Bundan tashqari, Trampning “Yirtqich” deb nom olgan limuzini Putinnikidan 1,5 tonna og‘irroq.

Foto: AP Photo / Susan Walsh
“Putinning Aurus mashinasi bir qator eng yangi himoya va aloqa texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu qurilmalar Tramp yuradigan eskiroq, biroq juda kuchli mashinadan o‘za olishi dargumon”, deb ma'lum qilingan maqolada.
Maqolada Trampning yangi limuzini shu yozda paydo bo‘lishi aytilgan. Mashinani yaratishga shartnoma 15 mln dollarni tashkil qiladi. “Yangi avtomobil ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zidan avvalgi mashinadan ustunroq bo‘ladi. Rossiya bu borada uzoq vaqt oldinda bo‘lishi dargumon”, deb aytilgan nashrda.
Moskvada 8 may kuni Putinning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Putin Kremlning 1-korpusidan Katta Kreml saroyiga an'anaviy “Mersedes”da emas, balki “Kortej” loyihasidagi limuzinda kirib kelgan.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti bu mashinadan doimiy ravishda foydalanmoqchiligini ma'lum qilgan.
“Kortej” loyihasi davlatning birinchi shaxslari uchun avtomobillar oilasi – limuzin, sedan va minivenni yaratishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

20:30 / 11.03.2025
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025