Xitoyda yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar uchun shovqin o‘tkazmaydigan noyob tunnel qurilmoqda 

Fan-texnika 16:29 / 14.05.2018 4762

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida tezyurar poyezdlarning harakatlanishiga mo‘ljallangan, dunyodagi birinchi ovoz o‘tkazmaydigan tunnel qurilishi amalga oshirilmoqda. Global Times gazetasining dushanba kuni xabar berishicha, inshootni qurishdan maqsad – yaqin atrofda joylashgan qo‘riqxona aholisini baland ovozli shovqinlardan himoya qilish.

Taxminan 2 km uzunlikdagi tunnel Tszyanmen-Maomin temir yo‘lining bir qismiga o‘rnatilgan to‘siq kabi ko‘rinishga ega. Nashrdan ta'kidlashlaricha, «tovushni yo‘qotish texnologiyasi bilan jihozlangan butunlay yopiq inshootning ishlab chiqishi» takrorlanmas va «tezyurar poyezdlar harakatlanishi uchun dunyodagi birinchi shunday temiryo‘l liniyasi» sanaladi.

Loyihani amalga oshirayotgan China Railway Guangzhou Group kompaniyasi vakillariga ko‘ra, «tebranishlarni kamaytirish, shovqinlarni pasaytirish va poyezdlar harakati tufayli ifloslanishning oldini olish» yaqin atrofda yashovchi qush va hayvonlar sog‘lom holati uchun «muhim» hisoblanadi.

Mahalliy diqqatga sazovor joylardan biri - «Qush jannati» qo‘riqxonasi temir yo‘l ko‘tarmasidan 800 metr masofada joylashgan. Park maydoni 400 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lib, banan daraxtlari chakalaklari bilan qoplangan. Bu yerda 30 mingdan ortiq qarqara va boshqa qush turlari tabiiy muhitda yashaydi. 

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, tunnel qurilishi davom etmoqda, ammo, kutilishicha, u tez orada foydalanishga topshiriladi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lning qurilishi 187 million yuan (taxminan 29,5 million dollar)ga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: