Xitoy mamlakat milliy sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya AG600’ni 2022 yilgacha mijozlarga yetkazib bera boshlaydi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.
“Biz 2021 yilga qadar fuqarolik aviatsiyasidan parvozga yaroqlilik sertifikatini olishni va samolyotni 2022 yilgacha buyurtmachilarga yetkazib berishni boshlashni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytgan samolyotning bosh konstruktori Xuan Lintsay.
Mutaxassisning aytishicha, samolyot prototipini iyulda Chjuxaydan Tszinmenga ko‘chirib o‘tkazib, u yerdagi mahalliy suv omborida samolyotning suv sirtidan ilk parvozi amalga oshirilmoqchi.
Samolyotni loyihalash bo‘yicha ishlar 2009 yilda boshlangan. Uning ishchi namunasi 2016 yil iyulda konveyerdan chiqqan. Gidrosamolyot o‘rmon yong‘inlari bilan kurashish va qutqaruv amaliyotlarini o‘tkazish uchun maxsus loyihalangan.
Samolyotning maksimal uchish og‘irligi 53,5 tonnani tashkil qiladi. Samolyot 500 km/soat tezlik bilan 4,5 ming kmgacha parvoz qila oladi. Samolyotning uzunligi 37 metrni, qanotlari qulochi 38,8 metrni tashkil qiladi. Samolyot oddiy aerodromlar bilan bir qatorda suv sirtidan havoga ko‘tarilib, unga qo‘na oladi.
Samolyot yo‘lovchi va yuk modifikatsiyalarida ishlab chiqariladi.