Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlarining IT-mutaxassislari attestatsiyadan qanday o‘tadi

Foto: Shutterstock
Davlat organlari va boshqa byudjyet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas'ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi.
Ko‘rsatilgan xodimlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida va uning hududiy boshqarmalarida 3 yilda 1 marta attestatsiyadan o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, attestatsiya prezidentning 18.02.2018 yildagi PF-5349-son Farmoni bilan joriy etilgan.
Norma’ning yozishicha, quyidagilar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi:
• AKTlari sohasida 2 yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar;
• homilador ayollar, bolani 2 va 3 yoshgacha parvarish qilish bo‘yicha ta'tilda bo‘lgan ayollar, ular ishga chiqqandan keyingi birinchi yil davomida;
• uzoq davolanishni o‘tayotgan xodimlar;
• respublika va chet el davlatlariga o‘quv muassasalarida o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan xodimlar;
• muayyan ishlarni bajarish uchun muddatli mehnat shartnomasi shartlarida ishlaydigan shaxslar;
• 18 yoshga yetmagan shaxslar;
• ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan shaxslar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab 3 yil davomida.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida kamida 5 nafar a'zodan iborat Attestatsiya komissiyasi tuziladi. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi (ishchi organ) attestatsiya o‘tkazish jadvalini va tanishish uchun attestatsiyadan o‘tkaziluvchilarga yuboriladigan savollar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Attestatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi ma'lumot va uning rejasi attestatsiya o‘tkazish sanasidan kamida 1 oy oldin attestatsiyadan o‘tkaziluvchi xodimga imzo chektirib yetkaziladi.
Attestatsiyadan o‘tish uchun attestatsiya yig‘ilishida hozir bo‘lish, berilgan savollarga javob berish va komissiya a'zolarining iltimosiga ko‘ra o‘z funksional majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq tushuntirishlarni berishi lozim bo‘ladi.
Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi. Elektron moslamalardan, ma'lumotnoma, maxsus yoki boshqa adabiyotdan, shuningdek har qanday yozuvlardan foydalanish man etiladi.
Attestatsiya chog‘ida baholashning asosiy mezonlari:
• AKTlarini va elektron hukumatni ishlab chiqish, takomillashtirish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga joriy qilishning huquqiy asoslarini nazarda tutadigan mamlakatimiz normativ-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;
• elektron hujjat aylanishi tizimida ishlash asoslari, elektron raqamli imzo va elektron pochtadan foydalanish to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;
• shaxsiy kompyuterda ishlash ko‘nikmalari yuqori darajada bo‘lishi;
• ofis dasturiy ilovalari bilan, shuningdek Internet tarmog‘ida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
• elektron hujjat aylanishi tizimi, elektron pochta va elektron raqamli imzodan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Yig‘ilishga uzrli sabablar bilan kelmaganlar uchun attestatsiya boshqa kunga o‘tkaziladi, uzrsiz sabab bilan kelmaganlarga ogohlantirish beriladi va takroran kelmagan holda attestatsiyadan o‘tadigan xodimning egallab turgan lavozimiga loyiq emasligi to‘g‘risida qaror chiqariladi.
Natijalarga ko‘ra, talabgorning bilimlari va ish tajribasini inobatga olib quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
• egallagan lavozimiga loyiq (attestatsiyadan o‘tdi);
• egallagan lavozimiga shartli ravishda loyiq (6 oydan keyin qayta attestatsiyadan o‘tish);
• egallagan lavozimiga noloyiq.
Oxirgi holda ish beruvchi xodimning yetarli malakaga ega emasligi oqibatida uning egallab turgan lavozimiga noloyiq ekanligiga muvofiq ishdan ozod qilishgacha tegishli qaror qabul qilish huquqiga ega (MKning 100-moddasi 2-bandi).
Hujjat 10.05.2018 yilda kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

10:21 / 24.06.2025
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

18:01 / 23.04.2025