Alisher Usmonov Angliyada yashovchi eng boy kishilardan biri

Iqtisodiyot 00:00 / 14.05.2018 38062

Doimiy turar joyi sifatida Angliyadan ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonlik Alisher Usmonov 10,5 milliard funt bilan mamlakatda yashovchi eng boy kishilardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda The Sunday Times shunday deydi.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Usmonov Angliyadagi eng boy kishilar ro‘yxatida sakkizinchi pog‘onada e'tirof etildi. O‘tgan yili u beshinchi pog‘onada, bir milliard ko‘proq funt bilan qayd etilgandi. Mamlakatning eng boy kishisi, Ineos kompaniyasi asoschisi Jim Radklifda 21 milliard funtga teng sarmoya mavjud.

Ro‘yxatning kuchli uchligidan mos ravishda hindistonlik Shri va Gopi Hinduya, yakunda asli sobiq Sovet fuqarosi, amerikalik Leonid Blavatnik joy olgan.

Ko‘proq yangiliklar: