O‘zbekistonning 1-chorakdagi  tashqi savdo aylanmasi 11,3 mlrd dollarni tashkil qildi  

Iqtisodiyot 00:07 / 13.05.2018 14983

O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-aprel oylarida 11,3 mlrd. AQSh dollarini, shu jumladan eksport 5,0 mlrd. AQSh dollarini va import 6,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi minus 1,3 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Eksport tarkibida energiya manbaalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66,2 foizga o‘sishi tabiiy gazning 1,9 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar esa 7,3 foizga o‘sdi, shundan plastmassa va plastmassa buyumlarining eksporti 16,7 foizga oshdi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6 foizga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 41,9 foizga o‘sishiga olib keldi.

Import tarkibida asosiy ulush mashina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 32,5 foiz) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

2018 yil yanvar-aprel oylarida tashqi cavdo aylanmasi saldosi minus 1310,5 mln dollarni tashkil qildi, shundan MDH davlatlari bilan minus 835,5 mln dollar va boshqa davlatlar bilan 475,0 mln dollarni tashkil etdi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 28,0 foizni tashkil qildi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 32,1 foizni tashkil qildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi 115,9 mln dollarni tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6 foizga oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmida 17,3 foizni meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,0 foizga o‘sdi), 65,6 foizni sabzavotlar (59,4 foizga), 13,0 foizni uzum (3,4 foizga) tashkil qiladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 35,4 foiz), Rossiya (13,3 foiz), Afg‘oniston (12,5 foiz), Vetnam (6,7 foiz), Xitoy (5,9 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Qirg‘iziston (2,5 foiz), Pokiston (2,3 foiz) va Eron (2,0 foiz) hisoblanadi.

2018 yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi umumiy eksport hajmida 3,1 foizni tashkil qildi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining fizik hajmi 292,1 ming tonnani tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,2 foizga oshdi. Jami meva-sabzavot mahsulotlari eksportining fizik hajmida 26,7 ming tonnani meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,0 foizga o‘sdi), 235,1 ming tonnani sabzavotlar (2,2 martaga), 22,6 ming tonnani uzum (12,9 foizga kamaydi), 7,7 ming tonnani yeryong‘oq
(5,1 martaga), 10,9 tonnani yangi uzilgan qovun va tarvuz (6,3 martaga) tashkil qildi.
 
2018 yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti umumiy eksport hajmida 8,5 foizni tashkil qildi. To‘qimachilik mahsulotlari eksport xajmi 424,9 mln dollarni tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,7 foizga oshgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: