AQShning Rogers-O'Brien qurilish kompaniyasi o‘z faoliyatida iPad planshetlarini joriy qilgandan keyin yiliga deyarli 2 mln dollar va xodimlarining 55 ming ishchi soatini tejay olganini ma'lum qildi. Kompaniyaning texnik direktori Todd Vaynning aytishicha, planshetlar qurilish sohasidagi asosiy muammo – qog‘ozdagi chizmalarni qo‘llash muammosini hal qildi.
Vaynning aytishicha, qurilish vaqtida qog‘ozga tushirilgan chizmalarning bir nechta nusxasi bo‘ladi: muhandislar va arxitektorlar unga doimiy ravishda nimalardir kiritib boradilar. Quruvchilar esa tuzatishlar kiritilgan chizmalar asosida ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Agar bu yuz bersa, ularni ishni yangidan boshlashlariga to‘g‘ri keladi.
Bu muammoni hal qilish uchun kompaniyaning barcha xodimlari aypadlar bilan ta'minlangan, tarxlar va chizmalar esa bulutli saqlagichga yuklangan.
“Endi qurilish tarxlari saqlagichda bo‘lib, istalgan xodimda bitta chizma bo‘ladi. Agar arxitektor yoki muhandis chizmaga o‘zgartirish kiritishni istasa, unda bu o‘zgartirishlar aypadda darhol aks etadi. Biz buni “Yagona haqiqat” deb ataymiz. Chunki hamma bir chizma bilan ishlaydi”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.
Vaynning ta'kidlashicha, bunday ish rejimiga o‘tilgandan keyin, kompaniya har bir loyihada uning qiymatidan 7 foiz miqdorda mablag‘ tejay boshladi. Chizmalarning qog‘ozdan iPad’ga o‘tkazilishi nafaqat qog‘ozga ketadigan xarajatlardan qutulishga, balki kompaniyaning ko‘p vaqtini tejashga yordam berdi. Odatda xodimlar qog‘ozlar ko‘pligi sababli ularning barchasini o‘zlari bilan olib yura olmaganlar va kerakli qog‘oz uchun doimo ofisga qaytishga to‘g‘ri kelgan, biroq endi bunga ehtiyoj yo‘q.
“Men Apple’ning mahalliy do‘konidan 10 tadan 50 tagacha aypaydni biror-bir chegirmasiz sotib olardim”, deb eslaydi Vayn.
Vaynning ta'kidlashicha, Windows’da ishlovchi planshetlar sotuvda bo‘lganda ham ularni sotib olmagan bo‘lardi, chunki iPad ulardan ancha ustunroqdir.
Vaynning aytishicha, iPad bir quvvatlanishda 2 kun ishlashi mumkin, Windows planshetlari esa bor-yo‘g‘i 8-10 soat ishlaydi. Bundan tashqari, uyali aloqaga ega iPad 300 dollar turadi. Tach-skrin va LTE’ga ega kompyuter esa 1,5 ming dollarga tushadi (gap, ehtimol Microsoft Surface Pro haqida ketgan).