Bir kilometr uchun 700 so‘mdan: GoTaxi transportning yangi turini ishga tushirmoqda!

Fan-texnika 12:14 / 12.05.2018 26363

Uchrashuvga shoshilayotganimizda yoki ishga kechikayotganimizda aksariyat paytlarda yo‘lga chiqib, taksi to‘xtatamiz. Biroq, hech kim qanday haydovchi duch kelishi va uning mashinasi saloni toza, yaxshi jihozlangan bo‘lishiga kafolat bermaydi. GoTaxi O‘zbekistonda yagona bo‘lgan «Poputka» deb nomlangan yangi xizmatni ishga tushirdi.

Foto: GoTaxi 

Bu nima?

Bu buyurtma bo‘yicha taksi bo‘lib, u avtomobilga buyurtma berilgan joy va uning joylashuvi bo‘yicha manzilga dinamik tashlab o‘tish yo‘nalishli avtomobil tamoyili asosida ishlaydi. Shu bilan birga, haydovchi yo‘l-yo‘lakay odam olmaydi, ya'ni GoTaxi’ni faqat ilova orqali «tutib olish» mumkin.

Bu qanday ishlaydi?

Yo‘lovchining yo‘nalishi haqida ma'lumot olgach, Go Taxi telegram-boti xuddi shunday yo‘nalishda harakatlanuvchi mos avtomobilni qidirishni boshlaydi va prognoz bo‘yicha buyurtmachi yonidan kerakli vaqtda o‘tishi mumkin. Avtoulovni qidirayotganda yo‘lovchi va haydovchining iqtisodiy foydasi (bir kilometr uchun 700 so‘mdan), mavjud o‘rindiqlarning soni, shuningdek, yo‘lning holati hisobga olinadi. Tizim yo‘lovchidan ma'lum bir nuqtaga kelishni so‘raydi, u algoritm hisob-kitobiga ko‘ra, barcha yo‘lovchilarning yo‘nalishi uchun eng samarali hisoblanadi. Ya'ni yo‘lovchi muayyan vaqtga tushirish nuqtasiga borishi kerak (50 metrdan 150 metrgacha).

Ushbu tizimning katta plyus tomoni shundaki, yo‘lovchi yo‘nalish narxini, shuningdek, yo‘lga chiqishi kerak bo‘lgan vaqtni biladi. Aslida, bu xuddi shunday tasodifiy taksi, lekin yo‘lovchiga ishonchli haydovchi kelib, u dastur bilan belgilangan narxni muhokama qilib o‘tirmaydi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu tizim 14 maydan to‘liq ishga tushiriladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: