Yangi modifikatsiyadagi Falcon 9 raketasi koinotga uchirildi

Fan-texnika 13:41 / 12.05.2018 4719

AQShning SpaceX kompaniyasi AQSh vaqti bilan 11 may kuni Falcon 9 raketasining yangi modifikatsiyasi – Block-5’ni fazoga uchirdi. Bu raketa avvalgilaridan kuchliroq dvigatellari, xavfsizlik borasidagi ustunliklari va ko‘p marta foydalanish mumkinligi bilan farq qiladi. Ma'lum qilinishicha, aynan shu raketa Ilon Mask kompaniyasi tomonidan kelgusida boshqariluvchi parvozlarda qo‘llanadi.

Raketa orbitaga Bangladeshga tegishli Bangabahndu Satellite-1 geostatsionar sun'iy yo‘ldoshini olib chiqdi. Bu sun'iy yo‘ldosh Bangladesh va butun atrofdagi hududni signal bilan qoplaydi. Sun'iy yo‘ldosh startdan 33 daqiqa o‘tgach, geostatsionar orbitaga chiqarilgan.

Falcon 9 Kanaveral burunidagi kosmodromdan AQSh sharqiy sohilbo‘yi vaqti bilan 11 may soat 16:14da (Toshkent vaqti bilan 12 may soat 1:14) amalga oshirildi. Bir necha daqiqadan keyin raketaning birinchi pog‘onasi yerga muvaffaqiyatli qaytarilgan. 1-pog‘ona raketa uchirilgan joydan taxminan 611 km uzoqlikda, Atlantika okeanidagi suzib yuruvchi platformaga qo‘ndirilgan.

Ma'lum qilinishicha, SpaceX muhandislari raketaning yangisi modifikatsiyasiga avvalgilariga nisbatan ko‘plab o‘zgartirishlar kiritishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: