Portugaliya hukumati mamlakat soliq idoralariga pul mablag‘lari qoldig‘i 50 ming yevrodan ko‘proqni tashkil qiladigan hisob raqamlari haqida avtomatik ravishda ma'lumot olishga imkon beradigan farmonni imzoladi. Mamlakat hukumati bunday chora soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va pul yuvishga qarshi kurashda yordam beradi, deb hisoblamoqda.
Farmon 2016 yildayoq vazirlar mahkamasi tomonidan ma'qullangan. Biroq shundan keyin unga mamlakat prezidenti Marselo Rebelo de Sousa tomonidan bank sektoridagi murakkab vaziyat sababli taqiqlov qo‘yilgandi. Ayni vaqtda Portugaliya banklari o‘z to‘lovchanlik qobiliyatlarini yaxshilab olganlar va ulardan aksariyati yana foyda olishni boshlagan.
Ayni vaqtgacha Portugaliyada soliq idoralariga fuqarolarning bank hisob raqamlaridagi balans haqida ma'lumot olishi uchun sud ruxsati talab qilingan.