Nike avtomatik tarzda kiyiluvchi krossovkalarni ishlab chiqaradi

Fan-texnika 14:53 / 11.05.2018 6278

Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi mashhur Nike kompaniyasi poyabzalning ichiga yoki tagiga o‘rnatiluvchi g‘aroyib konveyerni ixtiro qildi.  Bu ixtiro sabab inson krossovkani mustaqil kiyishiga hojat qolmaydi, u o‘zi inson oyog‘iga kiyiladi. «360» telekanali shu haqida xabar berdi.

Ikki yil ilgari kompaniya mashhur "Kelajakka qaytish" filmidagidek bog‘ichlari o‘zi boylanadigan sport botinkalarini ishlab chiqqan edi. Endi esa Nike bundan-da ilgarilab, nafaqat krossovkalar bog‘ichlarini, balki ularning kiyilishini ham avtomatlashtirish niyatida.

FOTO : Nike

Kompaniya muhandislari poyabzal ichiga yoki tagiga motorli konveyer lentalarini joylashni taklif qilishdi. Inson oyog‘ining old tomonini krossovka ichiga kirgizishi bilan ulardagi sensorlar buni aniqlab, konveyerdagi motorni ishga tushiradi - u esa oyoqni ehtiyotkorlik bilan botinka ichiga tortib joylashtiradi. 

Poyabzal tagligidagi motor qayta zaryadlanuvchi akkumulyatordan to‘yinadi. Energiya manbai inson harakati natijasida energiya ishlab chiqaruvchi generator bilan to‘ldiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: