Brent neftining narxi bir barrel uchun 100 dollarga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda RBK Bank of America Merill Lynch hisobotiga asosan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, taklif va talab muvozanatidagi o‘zgarishi kelgusi 18 oy davomida jahon bozorida neft tanqisligiga olib kelishi mumkin.
2018 yilda neft tanqisligi sutkasi 630 ming barrel va 2019 yilda sutkasiga 300 ming barrelni tashkil etishi mumkin. Bu Venesuela neft sanoatidagi keng ko‘lamli muammolar, Rossiya bilan OPEK o‘rtasida qazib olishni kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuvlar va Erondan eksport hajmi kamayishi tufayli yuz berishi ehtimolga yaqin. Bunday sharoitda BofAML 2019 yilning ikkinchi choragida Brent neftining bir barreli 90 dollarga chiqishini prognoz qilmoqda, shuningdek uning 1 barrel uchun 100 dollargacha ko‘tarilish xavfini ham ko‘rmoqda.
Shu tariqa, BofAML kotirovkalar 100 dollarlik ko‘rsatkichga qaytishini taxmin qilgan birinchi investitsion bankka aylandi, deb ta'kidlamoqda Bloomberg. Merril Lynch prognoziga ko‘ra, Brent’ning 2018 yilda o‘rtacha narxi 70 dollarni, 2019 yilda esa – 1 barrel uchun 75 dollarni tashkil qiladi.