O‘zbekiston davlat byudjyeti yilning birinchi choragida 42 milliard so‘m profitsit bilan yakunlandi

Iqtisodiyot 13:05 / 10.05.2018 11267

​O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy saytida Davlat byudjyetining asosiy parametrlari ijrosi yuzasidan 2018 yil 1 chorak uchun ko‘rsatkichlar taqdim etildi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi uch oyi davomida davlat daromadlari 14 163,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Shundan bevosita soliqlar 3 132,1 milliard so‘mga teng, deya qayd etilgan. 

 Davlat xarajatlari esa (maqsadli jamg‘armalarsiz) jami 14 120,5 milliard so‘mga yetgan. Eng ko‘p pul ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘lla-quvvatlashga (7 021,5 mlrd) sarflangan.
Shunday qilib, davlat byudjyeti joriy yilning birinchi choragida 42,7 milliard so‘mga teng profitsit bilan yakunlandi.

Ko‘proq yangiliklar: