Usmonovning bir kompaniyasi boshqa bir kompaniyasining 58 foiz aksiyalarini o‘z sho‘'basiga berdi

Fan-texnika 14:19 / 10.05.2018 10435

«Megafon» operatori Mail.ru Group’ning kompaniya iqtisodiy ulushidagi 5,23 foiz aksiyalari yoki ovoz berish huquqini taqdim etuvchi 58,87 foiz aksiyasini 100% sho‘'basi bo‘lgan Lefbord Investments Limited shirkatiga berdi. Bu haqda operatorning materiallarida aytiladi.

Internet-kompaniya aksiyalarini operator tuzilmasiga o‘tkazish «Megafon»ning «Gazprombank», «Rostex» va Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyalari bilan birgalikda raqamli iqtisodiyot sohasida raqamli xizmatlar va loyihalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan qo‘shma korxonani yaratish doirasida nazarda tutilgan.

«Megafon» Lefbord Investments Limited kompaniyasiga «MegaFon»ga tegishli bo‘lgan 100 foiz aksiyalar, Mail.ru Group Limited’ning A toifasidagi 11 500 100 aksiyasini Lefbord Investments Limited kompaniyasi ustav kapitaliga hissa qo‘shish yo‘li bilan berdi», - deyiladi kompaniya materiallarida.

Qo‘shma korxona «MF texnologii» AJ negizida tashkil etiladi. Hozir bu tuzilma Lefbord’ga tegishli. Kelishuvning bir qismi sifatida «Gazprombank» Leftbord’dan MFTning 35 foiz aksiyalarini, USM - 9% va «Rostex» - 11% aksiyalarini sotib oladi. Kelishuv natijasida Lefbord’da 45% aksiyalar qoladi. Shartnoma doirasida MFTning 100% aksiyalari qiymati 450 mln AQSh dollarini tashkil qildi. «Megafon» kompaniyasi ijrochi direktori Gevorg Vermishyanning TASS’ga bildirishicha, tomonlar kelishuvni 2018 yilning may oyida yopishni rejalashtirmoqda. To‘plam sho‘'ba tuzilmasiga o‘tkazilganidan so‘ng, «Megafon»da Mail.ru Group’dagi iqtisodiy ulushning 10 foizi qoladi, operator bu qimmatbaho qog‘ozlarni sotish niyatida emas. 

Ko‘proq yangiliklar: